Xorazm viloyati, Yangiariq tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

blog
  • Yangiliklar
  • 11-03-2026, 11:04

"Sog'lom oila nimadan iborat?"

Bugun Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi 36-sonli umumta'lim maktabida "Salomatlik ko'ngillilari" tadbiri doirasida 5-11-sinf o'quvchilari uchun "Sog'lom oila nimadan iborat?" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida o'quvchilar sog'liqni saqlash sirlari, xulq-atvor va axloq normalari, shaxsiy gigiena va ularga rioya qilish, shuningdek, ozodalik va tashqi ko'rinish haqida suhbatlashdilar. Har bir sinfdan tanlangan ayol ko'ngillilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tadbirda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Sh.Erjonova, maktab psixologi F.Ruzmetova, maktab xotin-qizlar qo'mitasi raisi G.Karimova va o'qituvchi A.Jabborova ishtirok etdi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Yangiariq tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@yangiariq36-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Maktab manzili