Xorazm viloyati, Yangiariq tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

blog

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-sonli Farmonining ijrosi haqida Xorazm viloyati hokimining 2025-yil 17-noyabrdagi 470-12-0-Q/25 sonli va shu yuzasidan Yangiariq tumani hokimining 2025-yil 28-noyabrdagi 
361-12-179-Q/25 sonli qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiariq tumani komissiyasi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 36-sonli maktabda o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida hozirgi kunda aholi, ayniqsa, yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilish holatlari uchrayotgani hamda bu illatlarga qarshi jamiyatning barcha jabhalarini qamrab olgan holda kurashish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, uchrashuvda tuman hokimligi, Yoshlar ishlari tuman bo‘limi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi  bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘limi kabi tashkilotlar vakillari qatnashib, yoshlarga ushbu salbiy illatlarning oldini olish va unga barham berish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Yangiariq tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@yangiariq36-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Maktab manzili